Buyuk Britaniyaning Nyukasl shahridagi turar-joy binosida sodir bo‘lgan kuchli portlash natijasida yetti yoshli bola halok bo‘ldi.
Daily Mail xabariga ko‘ra, yana olti kishi kasalxonaga yotqizilgan, turar-joy aholisi evakuasiya qilingan.
Maqolada aytilishicha, portlashga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum, biroq voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar va polisiyachilardan tashqari gaz muhandislari yetib kelgan.
Qayd etilishicha, odamlarga hodisa sodir bo‘lgan hududdan qochish qat’iy tavsiya etilgan.
Hozirda polisiya tergov ishlarini olib bormoqda.