Britaniyada farrosh sifatida ishlagan Ogunmodede ortiqcha ishlagani uchun ishdan bo‘shatildi. Bu haqidaDaily Mail nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, u 2008 yildan 2024 yilgacha smenalar orasidagi minimal 11 soatlik dam olish talabini buzgan. Ogunmodede ish kunlari ikki xil ishda smenalarni birlashtirib kelgani parlamentda ma’lum bo‘lgan va shu asosda uning mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Ogunmodede o‘zini yaxshi his qilayotganini va dam olish kunlari hordiq chiqarayotganini aytgan bo‘lsa-da, ish beruvchi uni ishdan bo‘shatdi. U adolatsiz ishdan bo‘shatilganini va ish haqidan noqonuniy ushlab qolinganini aytib sudga murojaat qildi. Biroq sud uning barcha da’volarini rad etdi.
Sudyaning ta’kidlashicha, Ogunmodedening xatti-harakatlari qonunga zid bo‘lib, uning sog‘lig‘i va xavfsizligiga, shuningdek jamiyat manfaatlariga tahdid solishi mumkin. Shuningdek, u ikkinchi ishi haqida ish beruvchiga to‘liq ma’lumot bermagani uchun ham aybdor deb topildi.