Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Britaniyada katta janjal

A A A
Britaniyada katta janjal

Britaniyada katta janjal: suv osti kemalarida dengizchilar 10 yildan ko‘proq vaqt davomida ayol harbiy xizmatchilarga jinsiy zo‘ravonlik qilgan

Hodisalar 2011 yilda, ayollar suv osti xizmatiga qabul qilinganda boshlangan. Qirollik dengiz floti tergov boshladi va barcha aybdorlarni unvoni va maqomidan qat’iy nazar jazolashga va’da berdi, deb xabar qildi Daily Mail nashri.

Nashr suvosti kemasiga qo‘mondonlik qilgan birinchi ayol Sofi Bruk (rasmda) haqida hikoya qiladi. Tahqiromuz harakatlar tufayli unda o‘z joniga qasd qilish moyillik paydo bo‘ldi.

Brukning so‘zlariga ko‘ra, dengizdagi reydlar chog‘ida erkaklar uni behayo haqorat qilgan, kaltaklagan va yalang‘och ayollarning suratini ko‘rsatishgan.

Harbiylar, shuningdek, falokat yuz berganda zo‘rlanishi mumkin bo‘lgan ayol-dengizchilar ro‘yxatini tuzib, Sofiga "u №6" deb aytishdi.

Bruk o‘z yigitiga navbatdagi reyd haqida yozgan maktubida shikoyat qilganidan so‘ng, u davlat sirlarini oshkor qilishda ayblangan va keyin xizmatdan haydalgan.

Kiritildi: 10:02 30.10.2022. O'qildi: 3420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik