Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Britaniya harbiy samolyotlari Rossiya hududiga uchirildi

Britaniya harbiy samolyotlari Rossiya hududiga uchirildi

Buyuk Britaniyaga qarashli harbiy samolyotlar Rossiya chegarasi tomon uchirilgan. Bu haqda Rossiya hukumati manbalariga asoslanib, The Moscow Times'ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Britaniya havo kuchlariga qarashli uchta samolyot Rossiya hududiga kirishga uringan. Bunga javoban Qrim atrofida havo radarlari ishlab ketib, favqulodda tayyorgarlik e’lon qilingan.

Britaniya xatti-harakatiga javob berish uchun Rossiya Su-27 qiruvchi samolyotlarini havoga ko‘targan. Qisqa muddat davom etgan manyovrlar oqibatida Britaniya samolyotlari havo hududidan haydab chiqarilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida aytilishicha, Rossiya hududiga tahdid solgan samolyotlar Buyuk Britaniya Qirollik havo kuchlariga tegishli RC-135 razvedka samolyoti va ikkita “Tayfun” qiruvchi samolyotlari bo‘lgan.

“Rossiya qiruvchi samolyoti yaqinlashganda, xorijiy harbiy samolyot Rossiya Federasiyasining davlat chegarasidan teskari tomonga burilishni amalga oshirdi”, deyilgan Rossiya harbiy ma’muriyati bayonotida.

Manbaga ko‘ra, xuddi shunga o‘xshash holat Britaniya havo kuchlari bilan bir yil oldin ham kuzatilgan. O‘tgan yilning oktyabr oyida ham Britaniya samolyotlari Rossiya tomon uchib havo hududini buzgan. Keyinchalik ular tezkor manyovrlar oqibatida hududdan surib chiqarilgan.

Kiritildi: 13:32 27.07.2024. O'qildi: 6564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!