Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Britaniya fond bozori Liz Trass sabab yarim trillion dollar yo‘qotdi

Britaniya fond bozori Liz Trass sabab yarim trillion dollar yo‘qotdi

Liz Trass Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini egallaganidan beri Britaniya fond bozori kamida yarim trillion dollar yo‘qotdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

5 sentyabrdan beri Britaniya iqtisodiyot muvaffaqiyatining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lgan London fond birjasining FTSE 350 indeksi bozor kapitallashuvida 300 milliard dollardan ortiq mablag‘ni yo‘qotdi. Bu vaqt ichida davlat qarzi qiymatining o‘zgarishini aks ettiruvchi davlat obligasiyalari indeksi qulab, 173 milliard dollardan ortiq qiymatni yo‘qotdi. Shuningdek, yuqori reytingga ega bo‘lgan sterlingdagi obligasiyalar 29 milliard dollarga tushib ketdi.

Milliy valyutaning rekord darajada pasayishiga olib kelgan aksiya va obligasiyalarning jiddiy sotilishiga Trassning yangi moliyaviy siyosati sabab bo‘ldi. Britaniyalik sarmoyadorlar bazaviy foiz stavkasining bir qator o‘sishi fonida inflyasiya va davlat qarzi keskin oshib ketishidan qo‘rqishni boshladi. Moliya vazirligining mamlakatda soliqlarni kamaytirish to‘g‘risidagi qarori ham ingliz investorlarining ishonchiga putur yetkazdi.

Endilikda Britaniya hukumati mamlakat yalpi ichki mahsulotining yiliga 2,5 foizga barqaror o‘sishini ta’minlashni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 21:03 27.09.2022. O'qildi: 3327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!