Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Britaniya Eron IIV rahbariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi

Britaniya Eron IIV rahbariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi

Buyuk Britaniya Eronning 10 nafar mansabdor shaxsi va bir tashkilotiga, jumladan Islom Respublikasi ichki ishlar vaziri Eskandar Momeniyga nisbatan yangi sanksiyalar kiritdi.

Reuters agentligiga tayanib xabar qilishicha, bu haqda Britaniya hukumati rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Ma’lumotda qayd etilishicha, sanksiyalar inson huquqlarini jiddiy ravishda buzishda ayblanayotgan mansabdorlar va davlat xavfsizlik organiga nisbatan joriy etilgan. Ayblovlar orasida so‘z erkinligini cheklash, tinch yig‘ilishlarni bostirish hamda ayrim hollarda yashash huquqini buzish holatlari keltirilgan.

Sanksiyalar aktivlarni muzlatish va belgilangan shaxslar uchun safar taqiqini o‘z ichiga oladi.

Kiritildi: 21:02 02.02.2026. O'qildi: 231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!