Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Britaniya Brexit sababli 74 mlrd dollar yo‘qotdi

Britaniya Brexit sababli 74 mlrd dollar yo‘qotdi

Britaniyaning Yevropa Ittifoqini tark etishi jarayoni sababli qirollik iqtisodiyoti 2,5-3 foizga qisqarib, 60 mlrd funt sterling (73,8 mlrd dollar) yo‘qotdi. Bu haqda Fiskal tadqiqotlar instituti dokladida aytilgan.   

Tadqiqot prognozlariga ko‘ra, Britaniya hukumatining Bryussel bilan hamkorlik haqidagi kelishuvsiz Brexit’ni amalga oshirishi milliy qarzning 50 yillik maksimumga yetishiga olib kelishi mumkin. Buning oqibatida u 2 marta ko‘payib, 100 mlrd funt sterlingga (123 mlrd dollar) yetishi mumkin.

Doklad mualliflaridan biri, “Citi”ning bosh iqtisodchisi Kristian Shulsning ta’kidlashicha, Brexit sababli Britaniya biznesiga investisiyalar 20 foizga kamaygan. Uning aytishicha, “Evropa Ittifoqida qolish iqtisodiy o‘sish uchun eng yaxshi ssenariy bo‘lardi”.

Kiritildi: 20:55 08.10.2019. O'qildi: 1910 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!