Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Breyk-dans va syorfing Olimpiada-2024 dasturiga kiritildi

Breyk-dans va syorfing Olimpiada-2024 dasturiga kiritildi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari dastlabki dasturiga breyk-dans, syorfing, toqqa chiqish va skeytbording bo‘yicha bellashuvlarni kiritdi.

Qo‘mita prezidenti Tomas Baxning ma’lum qilishicha, ushbu sport turlari olimpiya harakatini rivojlantirish dasturiga muvofiq keladi. Chunki ular gender tengligi va urbanizasiya talablariga mos kelib, yosh avlod bilan aloqalarni qo‘llab-quvvatlashga imkon yaratadi.

XOQ ushbu to‘rt sport turini Olimpiada dasturiga kiritish bo‘yicha yakuni qarorni 2020 yil dekabrda qabul qiladi.

Eurosport telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, breyk-dans o‘tgan yili ilk bor Argentinadagi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan edi. Musobaqalarda rossiyalik sportchi Sergey Chernishev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Skeytbording, toqqa chiqish va syorfing ilk bor Tokioda 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarida paydo bo‘ladi.

Kiritildi: 05:30 27.06.2019. O'qildi: 1042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!