Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Braziliyada koronavirus qurbonlari soni 30 mingdan oshdi

Braziliyada koronavirus qurbonlari soni 30 mingdan oshdi

Braziliyadagi o‘tgan bir sutka ichida koronavirus oqibatida 1262 kishi vafot etdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 31 199 kishiga yetgan. Braziliyada o‘tgan bir sutka ichida yana 28 936 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, mamlakatda kasallikka chalinganlarning jami soni 555 383 kishiga yetgan. Hozirga qadar 223 ming bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 19 may kuni Braziliya koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Britaniyadan o‘zib ketib, dunyoda 3-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, 23 may kuni Rossiyadan o‘tib, 2-o‘ringa ko‘tarilgandi.

Kiritildi: 13:45 03.06.2020. O'qildi: 2100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!