Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Braziliyada erkak bog‘chadagi bolalarga bolta bilan hujum qildi, qurbonlar bor

A A A
Braziliyada erkak bog‘chadagi bolalarga bolta bilan hujum qildi, qurbonlar bor

Braziliya janubidagi Blumenau shahrida bolta bilan qurollangan erkak bolalar bog‘chasiga bolta bilan hujum qilishi oqibatida to‘rt nafar bola halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari yaralandi, deya xabar beradi VVC.

Hujum paytida bog‘chada 40 ga yaqin bola bo‘lgan. Yaradorlar olib ketilgan mahalliy shifoxona ma’lumotlariga ko‘ra, ularning barchasi uch yoshgacha bo‘lgan bolalardir.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchi bog‘cha panjarasidan sakrab o‘tib, quroli bilan beixtiyor zarba bera boshlagan. Hujumdan so‘ng noma’lum shaxs polisiyaga taslim bo‘lgan.

Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva hujumni dahshatli harakat deb atadi.

Blumenau shahri joylashgan Santa-Katarina shtati gubernatori Jorjinyu Melu uch kunlik motam e’lon qildi. Bugun shtatdagi barcha maktablarda darslar bekor qilindi.

Kiritildi: 22:02 06.04.2023. O'qildi: 2164 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!