Bugun 14 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Braziliyada bo‘ron tufayli 1,5 milliondan ortiq aholi elektrsiz qoldi

Braziliyada bo‘ron tufayli 1,5 milliondan ortiq aholi elektrsiz qoldi

Braziliyaning San-Pauluda kuchli bo‘ron oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, bir yarim milliondan ortiq kishi elektr ta’minotisiz qoldi. Bu haqda “MIR 24” xabar berdi.

Gap shundaki bir kun oldin shaharda yomon ob-havo kuzatildi. Shamolning tezligi sekundiga 30 metrga yetdi. Shamol sabab daraxtlar quladi va elektr simlari uzildi. Bir qancha aeroportlar yopilgan. Turli hududlarda suv ta’minotida uzilishlar boshlandi. Shahar hokimiyati aholini suvdan foydalanishni cheklashga chaqirmoqda. San-Paulu Janubiy Amerikadagi eng yirik shahar bo‘lib, unda 21 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Tabiiy ofat Braziliya 40 yil ichida birinchi marta duch kelgan eng og‘ir qurg‘oqchilik davrida yuz berdi.

Kiritildi: 21:38 13.10.2024. O'qildi: 259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!