Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Braziliyada bir kunda 800 nafardan ortiq bemor virus qurboniga aylandi

Braziliyada bir kunda 800 nafardan ortiq bemor virus qurboniga aylandi

Braziliyada koronavirus tufayli vafot etganlar soni 23 473 kishiga yetdi. Bir kecha-kunduzda 800 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya ma’lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Mamlakatda vafot etgan 23 473 kishi qayd etildi, 807 nafari o‘tgan 24 soat ichida ro‘yxatga olindi», — deyiladi xabarda. O‘lim darajasi 6,3 foizni tashkil etmoqda.

Jami 153 833 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan, bu koronavirusga chalinganlarning 41 foizini tashkil etadi. Ayni vaqtda COVID-19 ni yuqtirganlar soni 374 898 kishiga yetgan. Braziliya bu ko‘rsatkich bilan AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 08:50 26.05.2020. O'qildi: 1992 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!