Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Braziliyada avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi. Qurbonlar 41 kishi

Avto / Xorij A A A
Braziliyada avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi. Qurbonlar 41 kishi

Braziliyaning janubi-sharqida joylashgan San-Paulu shtatida avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi.Oqibatda, kamida 41 kishi halok bo‘ldi,  deya xabar berdi shtat polisiyasi. Chorshanba kuni mahalliy OAVlarda tarqalgan suratlarda halokatga uchragan avtobus qoldiqlarini ko‘rish mumkin edi. San-Paulu shtati polisiyasi bayonotida aytilishicha, qurbonlar soni yanada oshishi kutilmoqda.  

«Biz transport vositalarining qoldiqlari ichida ko‘proq qurbonlar borligini bilamiz,  ammo, ularning soni qancha ekanini bilmaymiz»,  deyiladi bayonotda.

Ma’lum qilinishicha, voqea joyida 37 kishi halok bo‘lgan.  Yana to‘rt kishi olgan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etdi.  “Ushbu falokatga nima sabab bo‘lganini aniqlash uchun tergov o‘tkaziladi” deydi shtat polisiyasi.

Mahalliy OAV avtobusda to‘qimachilik kompaniyasining 53 xodimi bo‘lganini xabar qilgan. Televideniya orqali namoyish etilgan tasvirlarda qutqaruvchilarning yaradorlar va transport vositalari qoldiqlari ichida qolgan yo‘lovchilarga yordam berayotganini ko‘rish mumkin.

Kiritildi: 16:10 26.11.2020. O'qildi: 1727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!