Braziliyaning Olinda shahridagi plyajda 13 yoshli o‘smir akula tishlab olganidan so‘ng vafot etdi.
Bu haqda Agência Brasil xabar berdi.
Agentlikning yozishicha, bola dengizda do‘stlari bilan o‘ynab yurganida, akula unga hujum qilib, o‘ng sonining orqa qismidan tishlab olgan. U ko‘p qon yo‘qotishi tufayli hayot alomatlarisiz kasalxonaga olib ketilgan.
Bu mintaqa akula hujumlari bilan mashhur. Bu hodisa Pernambuku shtatida halok bo‘lganlar sonini 27 taga yetkazdi.
Avvalroq, Sidneyning shimoliy plyajlari akula hujumlari xavfi yuqori bo‘lgani uchun yopilgan edi.