Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Braziliya prezidenti Anchelottiga murojaat qildi

Braziliya prezidenti Anchelottiga murojaat qildi

Braziliya prezidenti Lula milliy terma jamoaning italiyalik bosh murabbiyi Karlo Anchelottidan mamlakat ichki chempionatida to‘p surayotgan futbolchilarga ko‘proq ishonch bildirishni so‘radi.

«Uning o‘rnida bo‘lganimda, Braziliya chempionatining eng yaxshi 22 nafar futbolchisini tanlab, terma jamoaga chaqirgan bo‘lardim. Hozir esa asosan xorijda o‘ynaydigan futbolchilar chaqirilmoqda — hatto ular ikkinchi divizion klublarida to‘p surayotgan bo‘lsa ham.

Evropada zaxira o‘rindig‘ida o‘tiradigan futbolchilar bor, ammo shunga qaramay, ular milliy terma jamoa tarkibiga chaqirilmoqda», — deya Lulaning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi yozda o‘tkazilgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok eta olmadi va musobaqani 1/8 final bosqichida tark etdi.

Kiritildi: Bugun 14:32. O'qildi: 177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!