Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Braziliya klubi Neymarning transferini e’lon qildi, biroq...

A A A
Braziliya klubi Neymarning transferini e’lon qildi, biroq...

Neymarning "Al-Hilol"dagi kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Qanot hujumchisi Saudiya klubini tark etishi ehtimoli bor. Shu fonda xakerlar faollashib, Neymarning soxta transferini amalga oshirishga qaror qilishdi.

Xullas, bir kun avval Braziliya "B" seriyasidagi "Kuritiba" jamoasining rasmiy sayti "Barselona"ning sobiq yulduzi transferini e’lon qildi. Juda ishonarli matnga ega yangilik nashr etildi. Ayrim muxlislar bunday kutilmagan transferga ishonishdi.

Biroq keyinroq klub o‘z sayti xakerlik hujumiga uchragani haqida xabar berdi. Albatta, Neymar bo‘yicha real kelishuvlar bo‘lmagan.

Kiritildi: 13:37 04.01.2025. O'qildi: 1271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!