Bugun 8 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

«Brayton» «Barselona» bilan Ansu Fati borasida kelishib oldi

«Brayton» «Barselona» bilan Ansu Fati borasida kelishib oldi

"Barselona" vinger Ansu Fatini "Brayton"ga ijaraga beradi.

Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano o‘zining “X” ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida yozdi.

Shu tariqa hujumkor futbolchi “Brayton” taklifini qabul qildi. Bu qarorda “chaykalar” bosh murabbiyi De Zerbi asosiy omil bo‘lmoqda.

Qayd etilishicha, yaqin orada tomonlar kelishuvning barcha tafsilotlarini hal qiladi.

2022/2023 yilgi mavsumda Fati "Barselona" safida barcha turnirlarda 50 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining taxminiy bahosi 35 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 07:12 31.08.2023. O'qildi: 1306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!