AQShning Rod-Aylend shtati Providens shahridagi Braun universitetida sodir bo‘lgan otishmada o‘zbekistonlik talaba Muhammad Aziz Umurzoqov halok bo‘ldi.
Bu haqda O‘zbekiston TIV rasmiy vakili ma’lum qildi.
"Braun universiteti kampusidagi fojiali otishma munosabati bilan voqeada halok bo‘lgan o‘zbekistonlik talaba Muhammad Aziz Umurzoqovning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Begunoh insonlar hayotiga zomin bo‘lgan bu fojia barchamiz uchun og‘ir yo‘qotishdir", — deyiladi xabarda.
O‘zbekistonning AQShdagi diplomatik vakolatxonalari vakillari jabrlanuvchining yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, barcha masalalar bo‘yicha AQShning tegishli idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rod-Aylend shtatining Providens shahridagi Braun universitetida sodir bo‘lgan otishma kamida ikki kishining hayotiga zomin bo‘lgan va to‘qqiz kishi jarohat olgan, ulardan sakkiz nafarining ahvoli og‘ir edi.