Bratislavada bir necha ming kishi Fisoga qarshi namoyishga chiqdi.
Namoyishchilar Slovakiya bosh vaziri Robert Fisoning Ukraina urushi bilan bog‘liq siyosati va boshqa harakatlari borasidagi noroziliklarini ifoda etdilar. Namoyishchilar orasida "Biz rus lattasi emasmiz" va "Fiso, Moskvaga ket" kabi shiorlar yangradi.
Namoyishdan bir kun avval Fiso Slovakiyada ukrainalik qochqinlarga yordamni qisqartirishga tayyor ekanligini bildirgan edi. Bu Ukraina Rossiya gazi tranzitini to‘xtatishi fonida yuz berdi. Fiso buni Kiyev tomonidan qilingan “sabotaj” deb atadi. “Gazprom” 1 yanvardan boshlab Ukraina orqali gaz yetkazib berishni to‘liq to‘xtatdi, chunki “Naftogaz Ukraina” bilan tuzilgan besh yillik tranzit shartnomasi muddati tugagan.