Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Bozorlarda ichimlik suvi ichish uchun bepul maxsus joylarni barpo etish taklif etildi

Bozorlarda ichimlik suvi ichish uchun bepul maxsus joylarni barpo etish taklif etildi

“Mening fikrim” murojaatlar portalida bozorlarda ichimlik suvi ichishga mo‘ljallangan bepul maxsus joylarni barpo etish to‘g‘risida petisiya joylashtirildi.

Petisiyada bozorlarda ichimlik suvi ichish uchun bepul maxsus joylarni barpo etishni so‘ralgan.

“Bu albatta, xaridorlar va sotuvchilar uchun qulaylik yaratadi. Kimnidir do‘kondan suv sotib olishga puli bo‘lmasligi yoki kimgadur qadoqlangan suv yoqmasligi mumkin. Har kim uchun tanlash xuquqini yaratishimiz kerak. Suvsiz hayot yo‘qligini, ayniqsa, yoz mavsumidagi issiq kunlarda ko‘proq seziladi. Bunday joylarni suvni isrof qilmaydigan texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etish kerak va nazoratini bozor ma’muriyati amalga oshirishi lozim bo‘ladi”, - deb  yozgan muallif.

 

Kiritildi: 15:17 31.07.2019. O'qildi: 1229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!