Surxondaryo viloyati Boysun tumanida kuchli sel oqibatida neft aralash suyuqlik yana tabiiy hududga tarqalgani ma’lum qilindi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tong soat 06:30 da sel handaqni buzib, suyuqlik chiqib ketgan.
Hozirda holat ekologiya idoralari va tegishli tashkilotlar tomonidan xolat joyida o‘rganilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq taqdim etiladi.