Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Botir Xo‘jayev yangi lavozimga tayinlandi

Botir Xo‘jayev yangi lavozimga tayinlandi

Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimidan ozod etilgan Botir Asadillayevich Xo‘jayev hukumatda yangi lavozimni egalladi.

Kun.uz manbasining xabar berishicha, hukumat tuzilmasi yangilangan va yangi lavozimlar joriy etilgan. Endilikda sobiq vazir Botir Xo‘jayev Bosh vazirning sanoat va kooperasiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.

2016 yildan Moliya vaziri lavozimida ish boshlagan Botir Xo‘jayev 2017 yilda Iqtisodiyot vaziri lavozimiga o‘tkazilgan, 2019 yil yanvarida prezident farmoni bilan bu vazirlik qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga aylangan, Xo‘jayev vazirlik rahbari sifatida lavozimini saqlab qolgandi.

Bundan avvalroq Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga o‘tkazilgani xabar qilingandi.

 

 

Kiritildi: 23:40 24.02.2020. O'qildi: 2955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!