Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Botir Qudratxo‘jayev mudofaa vaziri etib tayinlandi

Botir Qudratxo‘jayev mudofaa vaziri etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi. U Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimida ishlayotgandi.

Bundan ilgariroq Qudratxo‘jayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Shuhrat G‘ayratjanovich Xolmuhamedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

Kiritildi: 19:21 12.10.2026. O'qildi: 761 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!