Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Bosh Prokuratura: Samarqandda er o‘z xotinini pichoqladi

Bosh Prokuratura: Samarqandda er o‘z xotinini pichoqladi

2019 yil 24 mart kuni soat taxminan 00:45 da Samarqand shahri, Shiroq ko‘chasida yashovchi Ye.S. shahardagi Gagarin ko‘chasida yashovchi turmush o‘rtog‘i M.A.ning yashash uyida, u bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, mastlik holatida kelib chiqqan o‘zaro janjal vaqtida, oshxona pichog‘i bilan M.A.ning yelka va qorin sohalariga urib, tan jarohati yetkazib, voqea joyidan yashiringan.

Oqibatda, M.A. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Shu kuni, shahar prokuraturasi tomonidan Ye.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:02 25.03.2019. O'qildi: 2011 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!