Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Bosh prokuratura hokim o‘rinbosarini yoqib yuborgan tadbirkor ishi bo‘yicha yakuniy xulosaga keldi

Bosh prokuratura hokim o‘rinbosarini yoqib yuborgan tadbirkor ishi bo‘yicha yakuniy xulosaga keldi

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan B.Isamovga nisbatan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari tamomlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar qildi.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga, 20.07.2019 yilda B.Isamov Yakkabog‘ tumanidagi “Eski Yakkabog‘” qo‘rg‘oni ko‘chalarida obodonlashtirish va qurilish ishlari jarayonida tuman hokimining o‘rinbosari M.Tuymayevning yuz qismiga benzin sepib, uni yoqib  yuborib, o‘ldirishga suiqasd qilganligi holati yuzasidan to‘plangan hujjatlar asos bo‘lgan.

B.Isamov JKning 25, 97-moddasi 2-qismi “g,l” bandlari bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, sudning ajrimiga asosan ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan.

Tergov davomida o‘tkazilgan sud psixologiya ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ayblanuvchi B.Isamov mazkur jinoyatni sodir qilgan vaqtida kuchli ruhiy hayajonlanish holatida bo‘lgan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, ayblanuvchi B.Isamovga nisbatan e’lon qilingan ayblov JKning 25, 98-moddasiga qayta malakalanib, qo‘llanilgan “qamoq” ehtiyot chorasi, “garov” ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan.

Bundan tashqari, tergov davomida Yakkabog‘ tumani xokimining o‘rinbosari M.Tuymayevning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, unga nisbatan JKning 192[1]-moddasi 3-qismi “a” bandi va 206-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilingan hamda munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi “tilxat” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi 30.08.2019 yilda ayblov xulosasi bilan JIB Yakkabog‘ tumani sudiga yuborildi.

Kiritildi: 11:44 04.09.2019. O'qildi: 3404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!