O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Aayni vaqtda Turkiyaning OAV va ijtimoiy tarmoqlarida (Tik Tok va Youtube) keng tarqalayotgan O‘zbekistondan Turkiyaga kelin bo‘lib tushgan va ayni vaqtda uyidan qochib, o‘g‘rilikda ayblanayotgan fuqaro «D.Z.»ga nisbatan qo‘yilayotgan ayblovlar bo‘yicha holatni nazoratga oldi.
"Shu bilan birga, Bosh konsulxona tomonidan mazkur ishni o‘rganib chiqish uchun advokat jalb qilinganligini va mazkur xodisaga qonuniy baho berilgandan so‘ng qo‘shimcha tarzda ma’lumot berilishini eslatib o‘tamiz", deb yozadi konsulxona.