"Agar Yevropa Ittifoqi Ukraina qarshilik ko‘rsatishini istasa, u ko‘proq va tezroq yordam ko‘rsatishi kerak", — deya ta’kidladi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi urush taqdiri yaqin oylarda hal qilinishi mumkin. "G‘alaba qozonish uchun qarshilik ko‘rsatish kerak", — deya qayd etdi Borrell.
Evropa diplomatiyasi rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Yevropa xavfli dunyoda yashayotganini anglab yetdi, endi u "uyg‘onishi", mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi, mudofaa qobiliyatini oshirishi va "har qanday vaziyatga" tayyor turishi kerak.