O‘zining qattiq bayonotlari bilan mashhur Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson intervyu berib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni keskin tanqid qildi. Jonson Ukrainadagi urushni "arxaik va vahshiylik" deb atadi va Rossiya rahbarida qon to‘kilishining davom etishi uchun boshqa bahona yo‘qligini ta’kidladi.
“Estoniya, Latviya va Litva endi Rossiya imperiyasining bir qismi emas. Aynan Ukraina bilan bir xil. Hammasi tugadi, tugadi, tugadi, tugadi. Imperiya endi mavjud emas, Vladimir, ahmoq”, dedi Jonson.
Sobiq bosh vazir Britaniya imperiyasi bilan o‘xshashliklarni keltirib, Britaniya “o‘zining imperatorlikdan keyingi rolidan mamnun” va eski mustamlakalarni kuch bilan qaytarib olishga urinmayotganini ta’kidladi. Bundan tashqari, Jonson NATOni Ukrainani ittifoqqa qabul qilishga chaqirib, alyansning hozirgi pozisiyasini "surunkali noaniq" deb atadi.
Bosh vazirlik davrida (2019–2022) Boris Jonson Rossiya hujumi fonida Ukrainani qo‘llab-quvvatlagan eng faol G‘arb yetakchilaridan biriga aylandi. U urush yillarida Kiyevga bir necha bor tashrif buyurib, birdamlik izhor qilgan va Britaniya hukumatidan keyingi yordamni va’da qilgan.