Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Boris Jonson NATO bosh kotibi bo‘lishi mumkin

A A A
Boris Jonson NATO bosh kotibi bo‘lishi mumkin

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson 2023 yildayoq NATO bosh kotibi lavozimiga da’vogarlik qilishi mumkin. Bu haqda Britaniya OAVlari qirollik parlamenti mudofaa qo‘mitasi a’zolariga tayanib xabar bermoqda.

Jonsondan avval Buyuk Britaniyaning amaldagi mudofaa vaziri Ben Uolles, sobiq bosh vazirlar Tereza Mey va Devid Kemeronlar NATO bosh kotibi lavozimiga ko‘rib chiqilgandi.

Jonsonning ustun tomoni shundaki, u go‘yoki Shvesiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berish qaroriga ta’sir qilgan.

Konservativ deputat Richard Draks agar Jonson haqiqatan ham bu lavozimga nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lsa, uni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. "Har qanday taniqli britaniyalik ajoyib tanlov bo‘ladi", deb ta’kidladi Draks.

Kiritildi: 12:50 27.07.2022. O'qildi: 2568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik