Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 269 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Rafah, Xon Yunus, Shujayya va Magazi hududlariga hujum qildi. Yana o‘nlab odamlarni o‘ldirdi. Urush boshlanganidan beri shahid bo‘lganlar soni 37 877 nafarga yetdi, 86 969 kishi yaralandi.
▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Tulkarm bataloni qo‘mondoni Said Al-Jobirni o‘ldirdi. Minglab tulkarmliklar Said Al-Jobir bilan xayrlashish uchun ko‘chaga chiqdi.
▪️Al-Qassam brigadalari: Biz Rafah nazorat-o‘tkazish punkti, Shujayya va G‘azo shahridagi bosqinchilar hamda ularning qurollarini bombardimon qildik. Bosqinchilar oxirgi 48 soat ichida 33 askari yaralanganini ma’lum qildi.
▪️Hizbulloh bir kunda bosqinchilarga qarshi 9 ta amaliyot o‘tkazdi.
▪️Iroq qarshilik kuchlari Umm al-Rashrashdagi harbiy obektga hujum qildi.
▪️G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi: Yoqilg‘isiz kislorod stansiyalari 48 soat ichida ishlamay qoladi. Biz barcha xalqaro tashkilotlarni zudlik bilan aralashib, G‘azoga yoqilg‘i yetkazib berishga chaqiramiz.
▪️Al-Jazira bosqinchilar falastinlik mahbuslardan tirik qalqon sifatida foydalanayotgani aks etgan kadrlarni chop etdi. Odamlar tunnellarga va uylarga yashirinishga majbur bo‘lmoqda. Ularning harakati kameralar yordamida kuzatilgan.
▪️Minglab dindor yahudiylar harbiy xizmatga norozilik bildirish uchun Isroil ko‘chalariga chiqdi. Namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘pik va suv sepilgan. O‘nlab odamlar hibsga olingan.