Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiya tomonidan GPS signallarining to‘sib qo‘yilishi tufayli aviahalokatlar xavfi haqida ogohlantirdi

Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiya tomonidan GPS signallarining to‘sib qo‘yilishi tufayli aviahalokatlar xavfi haqida ogohlantirdi

Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federasiyasi Boltiq dengizi mintaqasida GPS sun’iy yo‘ldosh-navigasiya tizimi ishini to‘xtatayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Shu munosabat bilan Litva, Latviya va Estoniya Tashqi ishlar vazirlari mintaqada samolyot halokatlari xavfi ortishi haqida ogohlantirmoqda.

25 va 26 aprel kunlari Finnair kompaniyasining ikkita samolyoti Xelsinkidan Tartuga uchgani, biroq GPS to‘lqinlaridagi nosozlik tufayli aeroportga qaytishga majbur bo‘lgani xabar berilgan edi.

"Kechasi mashina haydab ketayotganingizda kimdir chiroqlaringizni o‘chirsa, sayohat xavfli bo‘ladi. Rossiya chegaralari yaqinidagi Boltiqbo‘yi mintaqasidagi vaziyat endi e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydigan darajada xavfli bo‘lib qoldi", — deya ta’kidladi Litva tashqi ishlar vaziri Landsbergis.

Estoniya hukumati GPS bilan bog‘liq vaziyatni Rossiya Federasiyasining "gibrid hujumi" deb atadi.

Kiritildi: 20:08 29.04.2024. O'qildi: 724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!