“Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Tadbirkorlik sub’ektlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni jalb etgan holda belgilangan stasionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida quyidagi mexanizmlar orqali o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi:
Bunda, mazkur nazarda tutilgan hamkorlik loyihalari O‘zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar asosida hamkorlarga E-auksion elektron savdo platformasi orqali taklif etiladi.
Shuningdek, belgilangan oromgohlarning bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda hamkorlarga ijaraga berish orqali ular o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi.