Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Boku Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari uchrashuviga rozi - Ilhom Aliyev

Boku Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari uchrashuviga rozi - Ilhom Aliyev

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Bokuning Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlarining Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan uchrashuviga rozi bo‘lganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Boku va Yerevan tinchlik shartnomasini imzolashga yaqin turibdi, deb xabar beradi «TASS» muxbiri.

«Qozog‘iston bizga Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvini o‘tkazish taklifi bilan murojaat qildi. Biz bunga rozi bo‘ldik va agar Armaniston ham rozi bo‘lsa, uchrashuv Qozog‘istonda o‘tishiga kelishib oldik», — dedi Ilhom Aliyev Bokudagi xalqaro forumda.

Aliyevning qo‘shimcha qilishicha, Boku va Yerevan hozir tinchlik bitimi qanday bo‘lishi kerakligi haqida umumiy tushunchaga ega. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar tafsilotlarni yakunlashi kerak, bu esa vaqt talab etadi.

Kiritildi: 23:03 23.04.2024. O'qildi: 552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!