Britaniyalik bokschi Josh Teylor boksning yarim o‘rta vazn toifasidagi yangi mutlaq jahon chempioniga aylandi. Bu haqda "Lenta.ru" muxbiri xabar beradi.
Sportchi 23 may, yakshanbaga o‘tar kechasi amerikalik Xose Karlos Ramiresni mag‘lubiyatga uchratdi. Las-Vegasda (Nevada, AQSh) bo‘lib o‘tgan jang 12 raund davom etdi. Hakamlar bir ovozdan g‘alabani britaniyalikka berishdi.
Jang oldidan Teylor WBA Super, IBF va The Ring jurnallarining chempionlik kamarlariga ega edi. G‘alaba unga WBC va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionlik unvonlarini amerikalikdan tortib olishga imkon berdi.
Teylor uchun g‘alaba professional ringdagi 18ta jangda 18-g‘alaba bo‘ldi. Ramires faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatni qabul qildi, unda 26 g‘alaba bor.