Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Boks qoidalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jangda Neyt Dias Xorxe Masvidalni mag‘lub etdi

Boks qoidalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jangda Neyt Dias Xorxe Masvidalni mag‘lub etdi

To‘liq davom etgan jangda Dias ochkolari hisobiga ko‘ra (95-95, 97-93, 98-92) g‘alaba qozondi. Qayd etib o‘tish joiz, ushbu bokschilar sobiq UFC vakillari hisoblanadi.

Masvidal so‘nggi bor 2023 yil aprel oyida UFC 287 doirasida Gilbert Byornsga qarshi jang qilgan va mag‘lub bo‘lgandi.

Dias uchun esa bu boks qoidalari bo‘yicha ikkinchi jang hisoblanadi. O‘tgan yilning avgust oyida Neyt bloger Jeyk Polga qarshi ringga ko‘tarilib, ochkolar evaziga mag‘lubiyatga uchragandi.

Eslatib o‘tamiz, Dias va Masvidal 2019 yilda UFC 244 doirasida yuzma-yuz kelgan. Unda Xorxe texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

Turnirning boshqa janglari natijalari bilan tanishing:

Deniel Jeykobs (37-5) Sheyn Mozliga (22-4) ochkolari hisobiga mag‘lub bo‘ldi;

Kris Avila (6-1) Entoni Pettisni (1-1) hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratdi;

Devin Kashing (14-0) Manuel Korreyani ochkolar hisobiga mag‘lub etdi;

Amado Vargas (11-0) Shon Garsiya (7-1-1) ustidan texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 13:03 07.07.2024. O'qildi: 867 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!