Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Boks bo‘yicha JCH. Olti sportchimiz finalga chiqdi!

Boks bo‘yicha JCH. Olti sportchimiz finalga chiqdi!

BAAning Dubay shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha IBA jahon chempionatida kecha yarim final janglari o‘tkazildi. Ushbu bosqichga O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar a’zosi yetib kelgan edi va ularning 8 nafari kecha ringga ko‘tarildi.

75 kg vazndagi vakilimiz Fazliddin Erkinboyev jarohat sabab yarim final jangini o‘tkaza olmadi.

Shuningdek, Asilbek Jalilov rossiyalik raqibiga, Xo‘janazar Nortojiyev esa tojikistonlik bokschiga yutqazib qo‘yib, bronza medali hamda 75 ming dollar miqdoridagi sertifikat bilan taqdirlandi.

Qolgan 6 nafar sportchimiz g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Natijalar bilan tanishing:

-54 kg: Asilbek Jalilov - Vyacheslav Rogozin (Rossiya) - 0:5

-60 kg: Abdumalik Xalokov - Artur Bazeyan (Armaniston) - 5:0

-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Alexandru Paraschiv (Moldova) - 5:0

-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Sabirjan Akkalikov (Qozog‘iston) - hamyurtimiz jarohat tufayli jang o‘tkazmadi.

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Rudolf Garboyan (Armaniston) - 5:0

-57 kg: Xo‘janazar Nortojiyev - Xusravxon Rahimov (Tojikiston) - 0:5

-80 kg: Javohir Ummataliyev - Arlen Lopez Kardona (Kuba) - 5:0

-92 kg: To‘rabek Habibullayev - Alfonso Dominges (Ozarbayjon) - 5:0

+92 kg: Arman Maxanov - Davit Chaloyan (Armaniston) - 5:2

Kiritildi: Bugun 09:06. O'qildi: 479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!