Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Boks bo‘yicha jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilovga ham uy sovg‘a qilindi

Boks bo‘yicha jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilovga ham uy sovg‘a qilindi

Boks bo‘yicha jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilovga viloyat hokimligi tomonidan Farg‘ona shahar markazidan yangi xonadon sovg‘a qilindi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Mirazizbek Mirzaxalilov Farg‘ona viloyatining Quva tumanida tavallud topgan. U 57 kilogramm vazn toifasida final uchrashuvida uch karra jahon chempioni va Olimpiada o‘yinlari sovrindori kubalik raqibini mag‘lub etib, jahon chempioniga aylandi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 27 sentyabrdagi farmoni bilan Mirazizbek Mirzaxalilov ham “O‘zbekiston iftixori” unvoni bilan taqdirlandi.

Jahon chempioniga Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan yangi bunyod etilgan ko‘p qavatli uydan barcha sharoitlarga ega xonadonning kaliti topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, chempionga "Prezident sovg‘asi" sifatida Chevrolet Tracker avtomobili sovg‘a qilingan edi.

Kiritildi: 08:25 05.10.2019. O'qildi: 2335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!