Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov hamda Gimnastika bo‘yicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktablari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkaziladi

Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov hamda Gimnastika bo‘yicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktablari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi.

Unga muvofiq, Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov hamda Gimnastika bo‘yicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktablari Sport vazirligi tizimidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkaziladi.

Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi - Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Gimnastika bo‘yicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi - Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi etib qayta nomlanadi.

Ixtisoslashtirilgan sport maktablarining yangilangan ustavlari ishlab chiqilib, belgilangan tartibda qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

2024 yil 1 sentyabrga qadar:

ixtisoslashtirilgan sport maktablari uchun maqbullashtirilgan o‘quv rejalari ishlab chiqiladi. O‘zbekiston tarixi va ingliz tili fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishi hamda umumlashgan tabiiy fan va sport psixologiyasining zamonaviy usullarda o‘rgatilishiga alohida e’tibor qaratiladi;

ixtisoslashtirilgan sport maktablariga xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda ikkinchi xorijiy tilni o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.

Sport maktablarida o‘quv-tarbiya jarayoni 5-11-sinflar doirasida maxsus ta’lim dasturlari bo‘yicha tashkil etiladi.

Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga talab va takliflardan kelib chiqib, 7-11 yoshdagi o‘quvchi- sportchilarni ham 1-4-sinflarga o‘qishga qabul qilishga ruxsat etiladi.

Ixtisoslashtirilgan sport maktablarining qabul jarayonlariga xalqaro va mahalliy trener-seleksionerlar jalb qilinadi.

O‘quvchi-sportchilarga ta’lim berish jarayoni har birida o‘quvchilar soni 12 nafardan kam bo‘lmagan, biroq 24 nafardan ortiq bo‘lmagan sinflarda amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan sport maktabi o‘quvchilarining umumiy cheklangan soni 168 nafar etib belgilanadi.

Maktablarda qo‘shimcha o‘quv va sport to‘garaklari tashkil etiladi hamda terma jamoalarning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzli sport musobaqalari o‘tkazib boriladi.

2024 yil 1 sentyabrdan boshlab ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik 100 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi. Ustamalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga to‘lash tartibi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

Kiritildi: 06:20 26.06.2024. O'qildi: 744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!