Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Bojxonachilar 64,6 million so‘mlik kuchli dori vositalarini olib kirayotganlarni qo‘lga olishdi

Bojxonachilar 64,6 million so‘mlik kuchli dori vositalarini olib kirayotganlarni qo‘lga olishdi

Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy aylanmasini oldini olish maqsadida muntazam tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shunga qaramay noqonuniy daromadini hamyurtlarimiz salomatligidan ustun qo‘ygan fuqarolar hamon uchrab turibdi.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona konunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Uchtepa tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro B.B.ning qo‘lidagi quti xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu qutida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 31,8 million so‘mlik jami 522 dona “Tropikamid”, “REGAPEN”, “Andante” hamda “Selofen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng tadbir davom ettirilib, fuqaro A.B. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, mazkur avtomashina yukxonasida ham umumiy qiymati 32,8 million so‘mlik 412 dona “Tropikamid” hamda “REGAPEN” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida umumiy qiymati 64,6 million so‘mlik 934 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

Kiritildi: 10:16 24.01.2020. O'qildi: 1637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!