Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Bojxona rasmiylashtiruvida qator talablar bekor qilindi

Bojxona rasmiylashtiruvida qator talablar bekor qilindi
Prezident farmoniga binoan, bojxona boji bo‘yicha muddatsiz berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2029 yil 1 yanvar deb belgilanishi kutilmoqda – uch oy ichida tegishli qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Muddati belgilangan imtiyozlar esa amal qilish muddati tugaguniga qadar saqlab qolinadi. Bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilindi. 2027 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilarni joriy etish ko‘zda tutilmoqda: amalda bojxona bojidan ozod etish va nol stavkani qo‘llash bo‘yicha taqdim etilgan imtiyozlarni ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar saqlab qolish; bojxona boji bo‘yicha muddatsiz berilgan imtiyozlarning amal qilish muddatini 2029 yil 1 yanvar etib belgilash. Bunda Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiyaning tashqi savdodagi tarif choralarini Jahon savdo tashkiloti talablari asosida vaqtincha tartibga solish bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatlari 2028 yil 1 yanvarga qadar saqlab qolinadi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tegishli qonun loyihasini 3 oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritishi kerak.
Kiritildi: 14:45 02.09.2026. O'qildi: 703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!