Yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi kabi sharafli va muqaddas tuyg‘uni chuqur singdirish, qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga bo‘lgan ishonchni kuchaytirish bugungi ta’lim va tarbiya tizimi oldida turgan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi F-5529-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Dastur ijrosi doirasida joriy yilning 25 dekabr kuni Bojxona institutida umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Unda Mirzo Ulug‘bek tumani 171-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda o‘quvchilarga institut xodimlari tomonidan o‘qotar qurollarni tuzilishi va jangovar imkoniyatlari, tankka va piyodalarga qarshi minalar xususiyatlari, saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari, qo‘l jangi, karabinchilar chiqishlari, pnevmatik to‘pponchadan o‘q otish va avtomatni qismlarga ajratish va qayta yig‘ish mashg‘ulotlari ko‘rsatib o‘tildi.
Tadbir davomida mamlakatimizda yosh avlodni jismonan va ma’nan barkamol, harbiy-vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.