Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Bojxona deklarasiyasini endi onlayn to‘ldirish mumkin

Bojxona deklarasiyasini endi onlayn to‘ldirish mumkin

O‘zbekistonda yo‘lovchi bojxona deklarasiyasini rasmiylashtirish jarayoni raqamlashtirildi.

Endi mamlakatga kirib kelayotgan yoki xorijga chiqayotgan fuqarolar deklarasiyani chegara postiga yetib bormasdan turib MyGov ilovasi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn to‘ldirishi mumkin.

Elektron shaklda tayyorlangan hujjat telefonda saqlanadi va chegaradan o‘tish paytida bojxona xodimiga taqdim etiladi. Bu deklarasiyani joyida qaytadan to‘ldirishga sarflanadigan vaqtni qisqartirish imkonini beradi.

Xizmat orqali olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan valyuta, mobil telefon va boshqa qurilmalar, zargarlik buyumlari hamda shaxsiy ehtiyoj uchun mo‘ljallangan tovarlar haqidagi ma’lumotlarni oldindan kiritish mumkin.

Amaldagi tartibga ko‘ra, tovarlarning qiymati belgilangan bojsiz me’yordan oshsa, ular deklarasiya qilinishi shart. Bojsiz olib kirish limiti samolyotda 1 ming dollar, temir yo‘l va daryo transportida 500 dollar, avtomobil yoki piyoda tartibda chegaradan o‘tilganda esa 300 dollar etib belgilangan.

Shuningdek, 100 million so‘m ekvivalentidan ortiq naqd milliy yoki xorijiy valyuta, belgilangan me’yordan ortiq zargarlik buyumlari, ayrim dori vositalari va maxsus nazoratdagi tovarlar ham deklarasiya qilinishi kerak.

Belgilangan limitdan ortiq qismi uchun amaldagi tartibda bojxona to‘lovlari undiriladi.

Kiritildi: 23:41 30.09.2026. O'qildi: 704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!