Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Bog‘cha bolasining qo‘lida kokain nima qilyapti?

Bog‘cha bolasining qo‘lida kokain nima qilyapti?

Cabrina Ctraker qizalog‘i Serenitaning qo‘llaridagi noodatiy doriga o‘xshash kapsulani oldi-yu, dahshatdan qotib qoldi. Buning ustiga Serenita ulardan birini og‘ziga ham solib ko‘rgan ekan. 4 yoshli qizaloqning aytishiga qaraganda, unga bu narsani guruhidagi bir bolakay bergan.

Sabrina Straker bo‘lib o‘tgan voqea haqida aytish hamda bu kapsulaning ichidagi narsaning nima ekanligini tezroq aniqlash uchun darhol polisiyaga murojaat qildi. Tezkor surishtiruv natijalariga ko‘ra doriga o‘xshash kapsulaning ichida kokain moddasi aniqlangan. Shundan so‘ng qizaloqni shifokorlar tekshiruviga jo‘natishgan. U yerda esa Serenitaning organizmida ushbu moddaning borligi aniqlangan. O‘zining so‘zlariga ko‘ra, u avval bu kapsulani og‘ziga solib ko‘rgan-u, ammo darrov tupurib tashlagan.

Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda. Qizaloqning onasi esa bog‘chaning yopilishini talab qilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, agar Serenita kokainning bir donasini yutib yuborganida, shu zahotiyoq o‘lgan bo‘lar ekan.

 

Kiritildi: 12:13 12.10.2018. O'qildi: 1584 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!