Bugun 13 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Bobousmon Baturov markaziy jangda ringga chiqadi

Bobousmon Baturov markaziy jangda ringga chiqadi

10 avgust kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida navbatdagi professional boks oqshomi tashkil etiladi.

E’tiborlisi, kechaning markaziy jangida hamyurtimiz Bobousmon Baturov rossiyalik Maksim Chernichukka qarshi ringga ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, Maksim Chernichuk shu kungacha 7 ta jang o‘tkazib, ularning 6 tasida g‘alaba qozongan (1 KO). Bitta jang durang bilan yakunlangan. Bobousmon Baturov esa prof boksda 4 bor ringga ko‘tarilgan bo‘lib, 3 g‘alaba va 1 durang qayd etilgan.

Kiritildi: 22:34 16.07.2024. O'qildi: 1053 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!