Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Bobonov Parij "Katta Dubulg‘a" turnirida qatnashmaydimi?

Bobonov Parij "Katta Dubulg‘a" turnirida qatnashmaydimi?

Ertaga Fransiya poytaxti Parij shahrida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi mavsumning ilk turniri start oladi.

Ikki kun davomida sayyoramizning 5 qit’asi 84 davlatidan jami 522 (317 erkak, 205 ayol) nafar dzyudochi musobaqa medallari hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lidagi muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadilar.

Ular qatorida O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar dzyudochisi Kamoliddin Baxtiyorov (-60 kg), Sardor Nurillayev, Bobur Vadjiyev (ikkisi ham -66 kg), Murodjon Yo‘ldoshev (-73 kg), Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg), Alisher Yusupov, Shohruxxon Baxtiyorov (ikkisi ham +100 kg) ham bor.

Afsuski, jahon chempioni Davlat Bobonov terma jamoamiz Parijga jo‘nab ketishidan bir kun oldin betob (shamollash, temperatura) bo‘lib qoldi. Murabbiylarimiz terma jamoa shifokori bilan maslahatlashgach, tavakkal qilmaslikni lozim topishdi.

Kiritildi: 19:15 03.02.2023. O'qildi: 1633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!