Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

BMTda Suriyadagi hodisalar rivojlanishidan xavotir bildirildi

BMTda Suriyadagi hodisalar rivojlanishidan xavotir bildirildi

Evropa Ittifoqi mamlakatlari tashabbusi bilan 16 oktyabr kuni Turkiyaning Suriyadagi harbiy operasiyasi bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashining yopiq majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi BMT Yangiliklar markazi.

Ishtirokchilar uchrashuv yakunlari bo‘yicha Turkiyaning Suriyada harbiy operasiyalarni o‘tkazishi natijasida mamlakat shimoli-sharqidagi ISHID va boshqa terroristik guruhlar jangarilari ozodlikka chiqishi mumkinligidan chuqur xavotirda ekanliklarini bayon qildi. Kengash a’zolari ushbu hududdagi gumanitar vaziyatning yomonlashishidan ham har tomondan xavotirda.

Novosti agentligining Kurd avtonom ma’muriyatiga tayanib avvalroq xabar qilishicha, Suriya shimoli-sharqida ID terroristik tuzilmasi bilan bog‘liq 785 nafar chet ellik jangari Ayn-Issa lageridan mamlakatning Turkiya harbiy amaliyot o‘tkazayotgan shimoliy qismiga qochgan.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, operasiya natijasida aholi ko‘chishlarining yangi to‘lqini vujudga kelgan. Suriyaga insonparvarlik yordamini yetkazib berishning asosiy yo‘nalishlaridan biri xavf ostida qolgan: yuklarning katta qismi turk chegarasi orqali kelib tushmoqda.

Kiritildi: 21:02 17.10.2019. O'qildi: 1726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!