Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

BMT: “Yamanda 2.000.000 bola och qolmoqda”

BMT: “Yamanda 2.000.000 bola och qolmoqda”

Yamanda kamida ikki million bola to‘yib ovqatlanmaydi.

Bunday ma’lumotlar BMT tomonidan e’lon qilindi.

Ta’kidlanishicha, besh yillik urush va iqtisodiy tanazzul natijasida mamlakat dunyodagi eng og‘ir gumanitar inqirozga duchor bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda koronavirus pandemiyasi tufayli vaziyat yanada yomonlashgan mamlakat aholisining deyarli 80%i gumanitar yordamga muhtoj.

Eslatib o‘tamiz, Yamanda 2015 yildan beri qurolli to‘qnashuv davom etmoqda, buning natijasida uch millionga yaqin odam qochqinga aylangan. Mamlakatdagi tibbiyot muassasalarining yarmi ishlamaydi, shuningdek, ichimlik suvi yetishmaydi.

“Yamandagi bolalar va kattalarning ahvoli juda achinarli. Oziq-ovqat xavfsizligi juda past. Pandemiya kelishi bilan vaziyat keskin yomonlashdi”, deydi shifokor Ali Yahyo.

Kiritildi: 20:47 04.12.2020. O'qildi: 1709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!