BMT Xitoyda bir millionga yaqin uyg‘urning terrorga qarshi kurash bahonasida lagerlarda ushlab turilgani haqidagi xabarlar xavotirli ekanini bildirdi va ularni ozod etishga chaqirdi. Bu haqda VVS xabar bermoqda.
Xitoy esa uyg‘urlarning G‘arbiy Shinjon hududidagi “qayta tarbiyalash” lagerlariga jo‘natilganini inkor etdi va lagerlarda faqatgina “radikal musulmonlar” saqlanayotganini ta’kidladi.
BMT mutaxassislari tayyorlagan hisobotda uyg‘urlar yashaydigan mintaqa ulkan kuzatuv lageriga aylantirilgani qayd etilgan. Hisobotga ko‘ra, lagerlardagi uyg‘urlarga Xitoy rahbari Si Szinpinga sodiqlik haqida qasam ichtirilyapti.
Jahon uyg‘urlar kongressi esa lagerlardagi uyg‘urlar hech qanday ayblov e’lon qilinmay ushlab turilganini va ular Kommunistik partiya shiorlarini aytishga majburlanayotganini ma’lum qildi.
Manba: azon.uz