Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

BMT Ukrainadagi mojaro tomonlarini keskinlashuvning oldini olishga chaqirdi

BMT Ukrainadagi mojaro tomonlarini keskinlashuvning oldini olishga chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Rossiya-Ukraina mojarosining barcha tomonlarini keskinlashuvning oldini olish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.

Bu haqda BMT bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomonining "Oreshnik" raketasini uchirilishi voqealarning "yana bir xavotirli" rivojlanishidir.

BMT mojaro xalqaro huquq va hududiy yaxlitlik asosida hal etilishini istaydi, deya qo‘shimcha qildi Dyujarrik.

Tashkilot Moskva va Kiyevni fuqarolik yoki muhim infratuzilmaga hujum qilmaslikka, tinch aholi xavfsizligini ta’minlashga chaqiradi.

Kiritildi: Bugun 10:07. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!