Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

BMT Suriyaning shimoli-sharqida vaziyat og‘irlashayotganidan ogohlantirdi

BMT Suriyaning shimoli-sharqida vaziyat og‘irlashayotganidan ogohlantirdi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Suriyaning shimoli-sharqida gumanitar vaziyat org‘irlashganidan xavotir bildirdi. Uning aytishicha, hududda yashagan kamida 160 ming kishi uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Ma’lumki, Turkiya armiyasi 9 oktyabrdan beri Suriyaning shimoli-sharqida harbiy operasiya o‘tkazib kelmoqda. Guterrish tomonlarni bosiqlikka undab, xalqaro gumanitar huquqqa va BMT nizomiga rioya etishga chaqirdi.

Suriyaliklarning hududni tark etishi davom etmoqda. Ayn-Issa lageridagi 13 ming qochqin esa to‘qnashuvlarning orasida qolgan. Lagerdagilardan ba’zilari xavfsiz joyga qochgan bo‘lsa-da, aksari buning ilojini topolmagan.

BMT tinch aholini himoyalashni hamda odamlarning xavfsiz joyga ketishiga imkoniyat yaratilishini talab qilmoqda.

Manba: azon. uz

Kiritildi: 22:16 15.10.2019. O'qildi: 1601 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!